Telegram-bot Virtual qabulxona

26.09.2024

Salkam 20 million so`mlik elektro muravey bepul ta`mirlab berildi

Kuni kecha Andijon viloyat Xo`jaobod tuman  iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan  fuqaro Y.M. nomidan kelib tushgan murojaati o`rganib chiqildi.

Murojaatda bayon etilishicha Xo`jaobod tuman Imom ota MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Y.M mazkur tumanning Uzun ko`chasida faoliyat yurituvchi "Imkon" do`konidan qiymati salkam 20 million turuvchi elektro muraveyni bir yil davomida bo`lib to`lash bilan shartnoma asosida xarid qiladi. Ammo mazkur elektro muravey bir hafta ichida nosoz holatga kelib qoladi. Bu haqida iste`molchi do`kon sotuvchilariga murojaat qilganida. Bu holat go`yoki ularga aloqasi yo`qdek,   na shartnomani bekor qilishadi na uni ta`mirlab berishadi. Natijada fuqaro holatdan ko`ngli to`lmay  O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilib, murojaat qoldiradi.

Mazkur holat  Xo`jaobod tuman jamiyati tomonidan atroflicha o`rganib chiqildi. O`rganish  davomida  elektro muraveyning ayrim qismlarida ba`zi nuqsonlar mavjud ekanli aniqlandi. 

O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari bayon etilganligi.  Unga ko`ra, nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
- tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
- tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
- tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan - - xarajatlarini qoplash;
- xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
- shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.

O`rganish yakunlari bo`yicha Xo`jaobod tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan do`kon ma`muriyatiga tegishli qonuniy tushuntirishlar berilganidan so`ng,  elektro muravey bepul ta`mirlab berilishiga erishildi. Iste`molchining murojaati ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00