23.09.2024
Qamashi tumani Qoratepa qishlogʻida yashovchi fuqaro T.E. Chiroqchi tumanida joylashgan “Fayz” maishiy texnikalar savdo doʻkonidan 1 million 550 soʻmga “Android” rusumli televizor sotib oladi. Biroq televizorda nuqsonlar kuzatiladi va bir necha kundan soʻng, umuman ishlamay qoladi. Iste'molchining nuqsonli mahsulotni almashtirish haqidagi talablarini esa sotuvchi e'tiborga olmaydi.
Fuqaroning shu haqdagi murojaati tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganildi va sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi.
Murojaatni oʻrganish natijasiga koʻra, iste'molchiga sotilgan nuqsonli televizor shu rusumdagi boshqa yangisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.