
26.04.2023
Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi fuqaro M.T. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qilgan.
Fuqaro Buxoro shahrida joylashgan “Ariston” savdo do‘konidan noroziligini bildirgan. U 2022-yil 24-iyun kuni kuni ushbu do'kondan 1 500 000 so‘mga suv isitgich (Ariston-80) xarid qilgan. Bir necha kundan so‘ng esa, o'rnatilgan aristondan suv sizib chiqishni boshlagan. 2023-yilda suv isitgichning pastki qismi portlagan. Iste'molchi do'konga qayta-qayta murojaat qilsa-da, hech qanday natija bo'lmagan.
Murojaat Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, savdo do‘koni ishchi-xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng, suv isitgich usta tomonidan noto‘g‘ri o‘rnatilgani ma'lum bo'ldi va iste'molchi xohishi bilan ta’mirlab berildi.