
20.04.2023
Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi fuqaro M.K. tomonidan Buxoro viloyati hududiy birlashmasiga murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro shu yilning 11-aprel kuni Buxoro shahrida joylashgan “Radiositi” savdo doʻkonidan 8 100 000 soʻmga 3 ta elektr koʻrsatkichlarni bir meʼyorda ushlab turadigan moslama (stabilizator) xarid qilgan. Tovarlar sifatsiz chiqqani sababli, doʻkonga olib borib, toʻlangan pulni qaytarib berishlarini so'ragan. Ammo isteʼmolchi murojaati e'tiborsiz qoldirilgan.
Ushbu holat Kogon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib, savdo doʻkoni ishchi-xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, iste'molchi toʻlagan 8 100 000 soʻm pul mablag'i toʻliq qaytarib olib berildi.