Telegram-bot Virtual qabulxona

23.02.2023

Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2023-yil 22- fevralda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Parlament komissiya a'zosi, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov ham ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining jamiyatdagi eng muhim dolzarb muammolarni hal qilishda NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Dasturi Parlament komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Dasturga ko‘ra, 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadga erishishda, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilandi.
2023 yil NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining dastur va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakatimizning byudjetidan 226,5 mlrd so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Bu o‘z navbatida joriy yilda NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 1000 dan ortiq dastur va loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratadi.
Shu bois Parlament komissiyasi yig‘ilishida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining dastur va loyihalariga ajratiladigan mablag‘lar aniq natijaga yo‘naltirilgan byudjet tamoyili asosida ochiq tanlovlar orqali amalga oshirilishi qat’iy vazifa etib belgilandi. Xususan:

Davlat grantlari shaklida 17 mlrd. so‘mlik 180 dan ortiq loyihalar amalga oshiriladi.

Mazkur loyihalar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, ta’lim sifatini oshirish, ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirish, radikallashuv, mutaassiblik va yot g‘oyalar ta’siriga qarshi kurashish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, kambag‘allikni qisqartirish, sog‘liqni saqlash, ekologiya sohalarida jamoatchilikni nazoratini kuchaytirishga hamda ta’sirchan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida davlat organlarining ta’lim sifatini oshirish, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ekologiya va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, qurilish, kommunal xo‘jaligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik kabi sohalardagi jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga hamda ta’sirchan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan buyurtmalarini moliyalashtirish uchun 18 mlrd. so‘mga qo‘llab quvvatlanadi.

Davlat subsidiyasi shaklida jamoat tashkilotlarining ustav faoliyati va yillik ish rejasini bajarishga 191 mlrd 490 mln so‘m yo‘naltirish belgilandi.

Subsidiyaning amalga oshirilishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasi mazmun-mohiyati aholiga, xorijiy “aql markaz”lariga yetkaziladi, demokratik islohotlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati yanada kuchaytiriladi.
NNT va fuqarolik jamiyatining institutlari iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularni raqamli texnologiyalarga keng jalb qilishga, aholini huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga jalb qilinadi.

Subsidiya doirasida aholini keng tadbirkorlikga jalb etish, tadbirklrlarni huquqlarini himoya qilish ularga berilayotgan imtiyozlardan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha ishlar tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 230-sonli “Ijtimoy himoyaga  va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora – tadbiralr to‘g‘risidagi” Qaror ijrosini ta’minlash orqali aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga, nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatga ijtioiy moslashishiga keng imkoniyatlar yaratishga erishiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish,  jamiyatlda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish borasida ishlarni tashkil etishi uchun O‘zbekiston ko‘zi ojizlar, karlar, nogironlar jamiyatlari, nogironlar assosiasiyasi va ularning viloyat, shaxar va tuman bo‘limlariga davlat subsidiyasi ajratildi.

Mazkur vazifaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari va jamoat fondlari keng jalb qilinadi hamda ular tomonidan moliyalashtiriladi. Parlament komissiyasi a’zolari  va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan uslubiy ko‘maklar ko‘rsatiladi.

Parlament komissiyasi tomonidan “Jamiyatda va oilada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash” va “Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish” mavzuslarida davlat grantlari ajratish uchun  birinchi va ikkinchi tanlovlari e’lon qilish tasdiqlandi. Tanlovlar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan joriy yilning 27 fevralidan 31 martigacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilishi belgilandi.
Parlament komissiyasi kun tartibidagi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi va tegishli qarorlarni qabul qildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00