
20.12.2023
Pop tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning Yakkatut MFYda yashovchi Q.A ning "Toza hudud" "Orif Nurli Kelajak" MCHJ faoliyatidan noreal qarzdorlik kelib chiqqanidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganildi.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Q.A "Toza hudud" "Orif Nurli Kelajak" MCHJ faoliyatidan noreal qarzdorlik kelib chiqqanligidan norozi boʻlgani maʼlum etilgan.
Oʻrganish jarayonida "Toza hudud" "Orif Nurli Kelajak" MCHJ mutaxassislari bilan oʻrganish ishlari olib borilib isteʼmolchiga chiqarilgan 400 (toʻrt yuz ming) soʻm noreal qarzdorlik tuman mutaxassislari aralashuvi bilan isteʼmolchi foydasiga ijobiy hal etildi.