Telegram-bot Virtual qabulxona

06.01.2025

Iste'molchi huquqi sud orqali himoya qilindi

Pop tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Istiqlol" mahallasida yashovchi Z. Raxmonaliyevadan yozma murojaat kelib tushgan. Fuqaro Pop tuman kadastr agentligi tomonidan 56 250 000 soʻm jarima qoʻllanilganligidan norozi boʻlib, amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. 

Ushbu murojaat yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazilganda fuqaro Pop tuman "Qoʻshminor" MFY hududidagi yer uchastkasini o'zboshimchalik bilan egallab olib, salqin ichimliklar sotish uchun doʻkon qurganligi, Pop tuman kadastr agentligi esa 18.11.2024 yil kuni QNAM 2424105480473-sonli jarima jazosi tayinlanganligi ma'lum bo'ldi. Shundan soʻng, Pop tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan iste'molchiga huquqiy yordam koʻrsatilib, Jinoyat ishlari bo`yicha Pop tuman sudiga da'vo arizasi kiritildi.

Oʻrganish yakunida Jinoyat ishlari bo`yicha Pop tuman sudining qaroriga ko'ra, 56 250 000 soʻm jarima miqdori Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 33-moddasiga asosan 18 750 000 soʻmga qisqartirilib, isteʼmolchi foydasiga 37 500 000 soʻm ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00