Telegram-bot Virtual qabulxona

11.10.2023

18 million so'mlik nosoz motoroller bepul ta'mirlandi

Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Gʻ.R. tumanda joylashgan mototexnika do‘konidan 18 000 000 so‘mga motoroller xarid qilgan. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, unda nosozlik kuzatilgan. Iste'molchi savdo xodimlari bilan murosaga kela olmagach, amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan. 

Buxoro tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilishi natijasida, iste’molchiga motorollerdagi nosozlik bepul ta'mirlab berildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00