Telegram-bot Virtual qabulxona

22.09.2022

MAJBURIYAT UNUTILSA, MUAMMO TUGʻILADI

Jizzax shahrining “Obod” mahallasida yashovchi Gulbahor Rahimova roʻzgʻorida zarurat boʻlganligi sabab,   6 oy muqaddam,  7 850 000 (yetti million sakkiz yuz ellik ming) soʻmga “LG” rusumli muzlatgich xarid qilgan edi. Afsuski, uning xursandchiligi uzoqqa bormadi. Belgilangan kafolat muddati davomida muzlatgichning nosozligi aniqlandi. Isteʼmolchi zudlik bilan “ASR SUPER” x/k servis markaziga murojaat etdi. Oradan bir oy vaqt oʻtsa hamki, servis xodimlari tomonidan taʼmirlanish kechiktirilayotganligi sababli, isteʼmolchi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 10-91 qisqa raqamli ishonch telefoniga yordam soʻrab murojaat qilgan.  Murojaat zudlik bilan Jizzax shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan qonun doirasida oʻrganib chiqildi. Muzlatgichning nosoz motori oʻrniga zavoddan yangisi keltirib oʻrnatildi va isteʼmolchining xonadoniga olib borib berildi. Shunday qilib, bir oydan beri sarson boʻlib yurgan G. Rahimovaning muammosi hal boʻldi. U Federatsiyaning ishonch telefoni ishonchli ekanligi va murojaati tez fursatda ijobiy hal etilganidan xursand boʻlib, Jizzax shahar isteʼmolchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda minnatdorchilik bildirgan.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00