
24.02.2025
Rivojlangan asrning texnika istiqboli haqida soatlab fikr yuritish mumkin. Elektr energiyasi bilan harakatlanuvchi texnika vositalari orasida elektroskuterlarga ham talab yuqori. Ammo ular bilan bog‘liq murojaatlar ham oz emas.
G’ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.N. ham tuman markazidagi savdo do‘konidan muddatli to‘lov asosida 6 320 000 so’mga elektroskuter xarid qilib, 2 400 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan. Ammo undan foydalanish mobaynida texnik nuqsonlar kuzatilgan va sotuvchi kafolat muddatida bartaraf etmagan.
G’ijduvon tuman jamiyatiga og‘zaki murojaat qilish orqali iste’molchi muammosi qisqa fursatda hal etildi. Servis xulosasiga asosan, elektroskuter nosoz deb topildi hamda to‘langan to‘lov iste’molchiga to‘liq qaytarilib, muddatli to‘lov shartnomasi bekor qilindi.