Telegram-bot Virtual qabulxona

08.02.2023

Surxondaryo viloyatida 449 ta isteʼmolchilarning buzilgan huquqlari himoya qilindi

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi tizimiga 2022-yilda fuqarolardan jami 449 ta murojaat kelib tushgan.
 
“Mazkur murojaatlarning 98,5 foizi ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga jami 131 million 576 ming 666 soʼm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilindi. Shundan 2 ta holatda tuman, shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan sudlarga daʼvo arizalari kitirildi. Natijada isteʼmolchilarning buzilgan huquqlari sudlarda himoya qilindi, tiklandi va eng asosiysi qariyb 2 million 958 ming soʼm miqdorida isteʼmolchilar koʼrishi mumkin boʼlgan zararning oldi olindi”, – deydi birlashma ijrochi direktori Hamdam Jumaev.
 
Isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlar tahlil etilganda, ularning aksariyati savdo (172 ta), xizmat koʼrsatish (servis) (15 ta), tabiiy gaz taʼminoti (52 ta), kommunal xizmat koʼrsatish (13), elektr taʼminoti (43), suv taʼminoti (23 ta), aloqa (10 ta), transport (30 ta) va boshqa sohalarga (91 ta) toʼgʼri keladi.

Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00