
11.08.2023
Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning "Mustaqillik" ko‘chasida yashovchi fuqaro A.U. elektr ta'minoti korxonasi tomonidan xonadoniga asossiz ravishda 3.346.986 so‘m qarzdorlik chiqarilayotganligi holati yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatni o‘rganish davomida iste'mol ko‘rsatkichlari nazoratini olib borish uchun xonadonda eski rusumdagi CO-5 elektr hisoblagichdan foydalanib kelinayotganligi, ushbu hisoblagich ko‘rsatkichlari asosida olib borilgan qayta hisob-kitob ishlari natijasida fuqaro iste'mol qilingan elektr energiyasi to‘lovlaridan hisoblagich ko‘rsatkichining 9206 kVt/soat holatiga 55.828 so‘m qarzdorligi ma'lum bo‘ldi.
Natijalarni shahar elektr ta'minoti korxonasining ma'lumotlar bazasi bilan solishtirish jarayonida, texnik xatolik sababli korxona elektron bazasida ma'sul xodim tomonidan 4908 kVt/soat ko‘rsatkich noto‘g‘ri sana bilan kiritilishi oqibatida 3.346.986 so‘m noreal qarzdorlik vujudga kelishiga sabab bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi. Mazkur xatolik mas`ullar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, xatlovdan o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf qilindi. Fuqaroga elektr energiyasi iste'mol bo‘yicha noreal qarzdorlik bartaraf qilinganligi, uning haqiqatda 55.828 so‘m qarzdorligi mavjudligi va mazkur qarzdorlikni bartaraf etishi lozimligi tushuntirildi.