
28.05.2024
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani Beruniy mahallasida yashovchi fuqaro X.Z. Urganch shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro 2024-yil 28-aprel kuni Urganch shahridagi “MaxiDom” savdo majmuasidan 9 500 000 so'mga yotoqxona uchun mebel sotib olgan va ertasiga uyiga olib borishga kelishilgan. Ammo ertasiga omborxonada aynan o‘sha mebel qolmaganligi sababli, mebel uchun to‘lagan pulini hozirgi kunga qadar qaytarib berishmaganidan norozi bo'lib, amaliy yordam so'ragan.
O‘rganish jarayonida murojaatdagi holatlar haqiqatligi aniqlandi va mas'ullarga qonuniy tushuntirish olib borilishi natijasida, iste’molchiga 9 500 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarilishiga erishildi.