Telegram-bot Virtual qabulxona

15.05.2024

Mebel uchun toʻlangan 6 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Chiroqchi tumani "Boʻyrachi" qishlogʻida yashovchi fuqaro B.N. tumanda joylashgan ustaxonaga oshxona mebeli yasashni buyurtma qiladi. Kelishuvga koʻra, ushbu jihoz uchun 11 million 900 ming soʻm narx belgilanib, fuqaro tomonidan 6 million soʻm toʻlov amalga oshiriladi va toʻlovning qolgan qismini mebel o'rnatib berilgach, toʻlashga kelishiladi. Biroq mebel tayyor boʻlgach, u iste'molchi buyurtma qilgan oʻlchamdan 12 santimetr uzun yasalganligi va oshxonaga sigʻmasligi ma'lum boʻladi. Bu hol esa iste'molchi va xizmat koʻrsatuvchi oʻrtasida oʻzaro kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Masala boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bilan biror yechimga kela olmagan iste'molchi bu haqda tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ma'lum qiladi. 

Fuqaroning murojaati amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda “Chakana savdo qoidalari” talablariga muvofiq oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida, oʻlchami toʻgʻri kelmagan mebel ustaxonaga topshirilib, iste'molchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlov esa to'liq qaytarilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00