
05.03.2024
Koson tumanida yashovchi fuqaroning tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaatini oʻrganish jarayonida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Ya'ni, fuqaro Gʻ.T.ning xonadoniga gaz idorasi tomonidan asossiz ravishda 2 million 835 ming soʻm qarzdorlik hisoblanganligi maʼlum boʻldi.
Eng qizigʻi, fuqaro qarzdorligi toʻgʻrisida yillar davomida biror marta ham ogohlantirilmagan yoki gaz idorasi tomonidan qarzni toʻlash toʻgʻrisida talab qoʻyilmagan. Biroq uzoq muddat mobaynida iste'molchining hisobiga foydalanilganidan ortiqcha gaz sarfi kiritib borilgan.Oqibatda, katta miqdorda qarzdorlik kelib chiqqan.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqarolik ishlari boʼyicha Koson tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi va da'vo qanoatlantirilib, asossiz qarzdorlik sud qaroriga asosan bekor qilindi.