Telegram-bot Virtual qabulxona

01.04.2024

Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbariga 5 100 000 jarima jazosi tayinlandi

Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro O.A. joriy yilning 7-fevral kuni federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

U o‘z murojaatida farzandi ta’lim oladigan Jizzax shahridagi "Kichkintoy bolajon" NMTTda tarbiyalanuvchilarga bir mahal ovqat berilishini, aslida, bolalarga 2 mahal berilishi kerakligini ma’lum qiladi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotining ichki tartib qoidalariga ko‘ra ota-onalarning farzandlari qanday ovqatlanishi, kunlik taomnomasi haqida ma’lumot olishlariga chekov qo‘yilganligini aytib o‘tadi.

Murojaat bo‘yicha  Jizzax shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan vaziyat o‘rganilganida murojaatchi keltirgan vajlar o‘z tasdig‘ini topdi. Murojaat yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar Jizzax shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilib, sud raisi tomonidan NMTT rahbariga nisbatan BHMning 15 barobari (5 100 000 so'm) miqdorida jazo chorasi tayinlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00