Telegram-bot Virtual qabulxona

30.01.2025

Nuqsonli maishiy texnika bepul ta'mirlanib, iste'molchiga soz holatda topshirildi

Yangiqo`rg`on tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Navket" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi R.Q.ning muddatli to‘lov shartlarida xarid qilingan kir yuvish mashinasida aniqlangan nuqsonni sotuvchi tomonidan bartaraf qilib berish choralari ko‘rilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, u 1 330 000 so‘mga kir yuvish mashinasini muddatli to‘lov shartnomasi asosida sotib olgan. Keyinchalik unda nuqson kuzatilgach, savdo do‘koniga bu borada murojaat qilgan. Ammo mas'ullar tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

Iste'molchi murojaatini o‘rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari va mazkur talablarni bajarmaslik natijasda kelib chiquvchi oqibatlar tushuntirildi, shuningdek, servis markazi mas'ullari bilan bog‘lanilib, iste'molchi qo‘lidagi nuqsonli maishiy texnika bepul ta'mirlatib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00