
30.11.2023
Joriy yilning 23-noyabr kuni Jizzax viloyati Jizzax shahri Alisher Navoiy shoh koʻchasida yashovchi fuqaro X.B. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro 21-noyabr kuni Jizzax shahridagi bolalar oʻyinchoqlari sotiladigan doʻkonlarning biridan 100 AQSh dollari va 1 million 470 ming soʻm evaziga masofadan boshqariluvchi oʻyinchoq mashina sotib olgan. Ammo oradan bir kun oʻtib, mashina ishlamay qolgan. Isteʼmolchi holat bo'yicha do'konga murojaat qilsa-da, mas'ullar nosoz tovarni qaytarib olmagan.
Jizzax shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan mazkur holat nazoratga olinib, doʻkonda oʻrganish ishlari olib borildi. Natijada, fuqaro sarflagan pullar doʻkon maʼmuriyati tomonidan qaytarib berildi.