
18.08.2023
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-sonli "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash, davlat tashkilotlari faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hisobotlarini tahlil qilish va aholi muammolarini tizimli bartaraf etish maqsadida Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan jamoatchilik eshituvlari oʼtkazilmoqda.
Buxoro tuman jamiyati raisi F.Boʼronov va Hududgaz Buxoro GTF Buxoro tuman boʼlimi masʼullari ishtirokida Jamoatchilik eshituvi oʼtkazildi. Joriy yilda amalga oshirilayotgan amaliy dasturlar, hisobotlar tinglandi. Аholi turmushida zaruriy sanalgan tabiiy gaz hamda suyultirilgan gaz balonlarini sifatli yetkazib berish yuzasidan takliflar, tavsiyalar berildi.