Telegram-bot Virtual qabulxona

10.08.2023

Hisob-kitoblardagi noaniqliklar bartaraf etildi

So'ngi vaqtlarda mamlakatimizda ichimlik suvini yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash hamda hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish bo'yicha ko'plab islohotlar amalga oshirildi. Natijada ichimlik suvini yetkazib berish va hisobga olishning maqbul “Billing” tizimi yaratilib, hisob-kitoblarning haqqoniyligi, ichimlik suvi uchun mablag'larning to'liq va o'z vaqtida amalga oshirilishiga olib kelmoqda.

Biroq ayrim hollarda ichimlik suvini yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida Suv ta’minoti korxonalari hamda iste'molchilar o'rtasida o'zaro hisob-kitoblarda noaniqlik va yanglishishlar tufayli turli xil nizoli holatlar yuzaga kelmoqda. Jumladan Karmana tumani Paxtaobod MFYda yashovchi fuqoro Z.R.ning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fediratsiyasining  qisqa raqamli 1091 ishonch telefoniga o`zaro hisob-kitoblarda yuzaga kelgan holatlar yuzasidan berilgan murojaatida iste’mol qilgan ichimlik suvi uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirib kelgan bo’lsada, "Navoiy suv ta’minoti" MCHJ Karmana tuman bo’limi tomonidan 160.000 so’m noreal qarzdorlik kelib chiqganligi sababli norozi ekanligini bildiradi. Muroajaat Karmana tuman jamiyat   mutaxassislari hamda "Navoiy suv ta’minoti" MCHJ  xodimlari tomonidan xolis o'rganib chiqildi natijada fuqoro Z.Ravshanov to’lovlarni o’z vaqtida to’lab kelganligi ammo, billing tizimi operatorlari tomonidan bazaga kiritilmaganligi aniqlanib, fuqoroning qilgan to’lovlari billing tizimidagi bazasiga kiritildi va norozichilikka sabab bo’lgan holatlar qonuniy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00