Telegram-bot Virtual qabulxona

12.09.2023

Nosoz go‘sht qiymalagich yangisiga almashtirildi

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro J.Z. "Ishonch" savdo do‘konidan 1 765 000 so‘mga "Arshia" go‘sht qiymalagichini xarid qilgan. Ammo qurilmada qator nosozliklar ko‘zga tashlanib, iste’molchi noroziligiga sabab bo‘lgan. So‘ngra fuqaro yordam so‘rab, Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Buxoro shahar xodimlari aralashuvi bilan murojaat o‘rganilib, go‘sht qiymalagichning haqiqatan ham nosoz ekani aniqlandi. Tadbirkorga qonuniy tushuntirish ishlari olib borilgach, nosoz go‘sht qiymalagich yangisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00