
03.07.2023
Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Zira-buloq" ko’chasida yashovchi fuqoro N.R. tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro o'z tanishi T.Sh.ga "Lacetti" rusumli avtomashinasini ijara shartnomasi asosida foydalanishga bergan. Ammo oradan vaqt o’tib, T.Sh.ning tadbirkorlik qilayotgan sherigi, ya’ni Farg’ona viloyatida yashovchi A.J.dan 10 ming AQSh dollar qarzi borligi sababli, javobgar avtomashinani garov sifatida olib ketib, uni qaytarishdan bosh tortib kelgan.
Ushbu murojaat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan o’rganish ishlari olib borilib, fuqarolik ishlari bo'yicha Marg’ilon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, javobgar tomonidan noqonuniy egallab turilgan avtomashina o'z egasiga qaytarildi. Shuningdek, javobgar A.J.dan davlat foydasiga 4.000.000 so’m davlat boji ham undirildi.