06.03.2024
Jizzax shahar “Zilol” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A.R O'zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga (1091) murojaat qilgan.
Murojaatchi Jizzax shahridagi savdo doʻkonlarning biridan 1 200 000 soʻmlik idishlar toʻplamini sotib olgani, toʻplamda esa idishlar toʻliq emasligini maʼlum qilgan.
Murojaatga asosan, Jizzax shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganish oʻtkazilib, idishlar toʻplami but boʻlmaganligi sabab, shartnoma bekor qilindi va sotib olingan idishlar toʻplamining puli murojaatchiga qaytarib berildi.