09.03.2023
Buxoro viloyat Vobkent tumanida yashovchi fuqaro G.Sh. Buxoro viloyat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.
Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro avtohalokatga uchragani sababli 2022-yil 23-dekabr kunidagi sud qaroriga asosan Buxoro shahridagi “Alfainvest” sug’urta kompaniyasi tomonidan 3 000 000 so‘m pul mablag'i qoplab berilishi kerak bo‘lgan. Ammo kompaniya iste'molchiga o'z vaqtida pulni to'lab bermagan.
Holat yuzasidan Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, sug'urta kompaniyasidan fuqaro foydasiga 3 000 000 so‘m pul undirib berildi.