Telegram-bot Virtual qabulxona

14.12.2023

Iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi

Pop tuman "Yangi toʻda" MFYda yashovchi fuqaro O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro tuman markazida joylashgan "Yuksalish" kredit savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida HP rusumli noutbuk xarid qilgan. Ammo oradan ikki oy vaqt oʻtib, kompyuterda nosozliklar kuzatilgan. Iste'molchi ushbu masalada do'kon xodimlariga murojaat qilgan bo'lsa-da, muammo bartaraf etilmagan.

Holat boʻyicha jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi. Natijada, servis xizmati koʻrsatilib, kompyuter quvvatlagichi yangisiga almashtirib berildi hamda isteʼmolchi muammosi ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00