Telegram-bot Virtual qabulxona

17.01.2025

7 million so'mlik nosoz televizor sifatlisiga almashtirildi

Qarshi shahri "Yangi Batosh" muhallasida yashovchi fuqaro E.D. “Media park” savdo do'konidan 7 million so'mga “Samsung” rusumli televizor xarid qiladi. Biroq sotib olingan televizorning ekranida nosozliklar kuzatilib, undan foydalanishning imkoni bo'lmaydi. Sotuvchi esa iste'molchining nuqsonli mahsulotni almashtirish bo'yicha talablarini bajarmaydi.

Fuqaro bu haqda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilib, nosoz televizor sabab buzilgan huquqlarini himoya qilishda yordam so'raydi.

Murojaat federatsiyaning Qarshi shahar jamiyati tomonidan tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda o'rganilganda, mahsulotdagi nuqsonlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq ekanligi oydinlashdi. Sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirilib, nuqsonli televizor boshqa shu rusumdagi sifatlisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00