Telegram-bot Virtual qabulxona

09.02.2023

Mavsumni betalafot oʻtkazish boʻyicha hududlarda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Kunlar soviy boshlashi bilan isitish tizimiga katta ehtiyoj tugʻiladi. Ammo nosoz va qoʻlbola isitish moslamalaridan foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik yoki ehtiyotsizlik ortidan yongʻin bilan bogʻliq turli koʻngilsizliklar kelib chiqishi mumkin. Shu bilan bir qatorda joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarida eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻyilganda ham shunday holatlar roʻy beradi.

Xoʻsh, joriy mavsumni betalafot oʻtkazish boʻyicha hududlarda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?  
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan mavsumga tayyorgarlik ishlarining natijadorligi hududlar kesimida jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganilib, monitoring qilinmoqda.  

Xususan, federatsiya rahbari J.Sarimsoqov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida boʻlib, koʻp kvartirali uy-joy fondini, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari – umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim hamda sogʻliqni saqlash muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan qilingan ishlarni oʻrganmoqda. Jamoatchilik nazorati tartibida olib borilayotgan ushbu oʻrganishlarda aniqlangan holatlar tegishli vazirliklar hamda mahalliy hokimliklarga yuboriladi. Shuningdek, masʼullar ishtirokidagi yigʻilishlarda muhokama qilinib, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarning bartaraf etilish choralari koʻriladi.

Oʻrganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha muassasalar rahbarlariga tegishli tavsiyalar berib borilmoqda.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00