
01.08.2023
Pop tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga mazkur tumanda yashovchi D.M.dan murojaat kelib tushdi. Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro Pop tuman elektr tarmoqlari korxonasi faoliyatidan norozi ekanligini bildirgan. Kelib tushgan murojaatga asosan, tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan holatlar yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati o`rganildi.
O‘rganish davomida jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqaro D.M. aynan qaysi holatlarda tuman elektr tarmoqlari korxonasi faoliyatidan norozi ekanligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Yakunda yetkazilgan 3.000.000 (uch million) so‘m zarar isteʼmolchi foydasiga hal etildi.