Telegram-bot Virtual qabulxona

17.09.2024

10 million so'mlik nosoz konditsioner sifatlisiga almashtirildi

Denov tumani To‘rayev Qoraxon MFYsida yashovchi fuqaro T.D. Denov shahridagi “Amir Holding” maishiy-texnika savdo majmuasidan narxi 10 000 000 so‘m bo‘lgan “Artel” konditsionerini sotib olgan.

Ammo kafolat muddati davrida konditsionerda nuqsonlar borligi aniqlangan. Isteʼmolchi bu haqida savdo xodimlariga shikoyat qilib, almashtirib berishini talab qilsa-da, hech qanday ijobiy natija bo'lmagan.

Ushbu holat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi hamda tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, 10 000 000 so‘mga xarid qilingan “Artel” rusumli konditsioner sifatlisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00