
13.01.2025
O‘zbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoni orqali Navoiy shahrida yashovchi fuqaro I. S. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, iste'molchi kiyim-kechak bozoridan 1 000 000 so’m evaziga ayollar ko‘ylagini sotib olgan. Biroq ushbu libos o‘lchami kichik bo‘lganligi sababli, uni almashtirish maqsadida sotuvchiga murojaat qilganida unga mos o‘lchamdagi ko‘ylak savdo do‘konida yo‘qligini bahona qilayotgani va to'langan pul mablag‘larini qaytarib bermayotganini ma'lum qilgan.
Murojaat Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassis xodimlari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida murojaatchining huquqlari himoya qilindi va tadbirkor tamonidan fuqaroning 1 000 000 so’m puli qaytarib olib berilishiga erishildi.