
14.03.2025
Xatirchi tumani Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro N.I. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qoldirgan.
Fuqaro o‘z murojaatida 2025-yil 8-fevral kuni Xatirchi tuman markazidagi savdo do‘konidan 1 350 000 so‘mga xarid qilgan "Techno Spark Go 1" rusumli telefoni nosoz chiqganligi, biroq savdo do‘koni mas’ullari turli bahonalar bilan muammoni hal qilish o‘rniga, fuqaroni sarson qilayotganligini ma'lum qilib, amaliy yordam so‘raydi.
Murojaat olingan zahoti jamiyat mas’ul xodimlari masalani joyida o‘rganib, savdo do‘koni vakillariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablari to‘g‘risida tushuntirishlar berishdi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, fuqaroning nosoz telefoni yangisiga almashtirilib, uning qonuniy talabi to‘liq qondirildi.