29.03.2022
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi soʻngi ikki yilda pandemiya sabab yuzlab aviachipta bilan bogʻliq murojaatlarni qabul qildi. Ularning har biriga ijobiy yechim topishga, isteʼmolchining manfaatini himoya qilishga harakat qilinmoqda.
Shunday murojaatlardan biri Denov tuman “Bogʻi Eram” mahallasida yashovchi B.Maxkamov tomonidan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining ishonch telefoniga 16-mart sanasida kelib tushgan.
Ushbu murojaatda isteʼmolchi Denov shahar “Sh. Rashidov” koʻchasida joylashgan aviakassadan 2022- yil 28 -fevral kunida Buxoro-Novosibirsk yoʻnalishi boʻyicha 37 200 000 soʻmga chipta sotib olganligini aytadi.
Ammo bekor boʻlgan reys sababli, B. Mahkamov chiptadan foydalanmagan. Bu uning aybi bilan boʻlmasa- da, aviakassa tomonidan fuqaroga chipta pullari qaytarib berilmagan. Denov shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati masʼullari aviakassa xodimlariga qonuniy tushuntirish oʻtkazishdi. Isteʼmolchining qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
Oʻsha kunning oʻzidayoq aviakassadan B. Maxkamovga chipta uchun toʻlangan 27 900 000 soʻmi olib berildi va qolgan 9 300 000 soʻm puli roʻyxat orqali navbati bilan berilishi aytildi. Qolgan qismi qaytarilishi ham nazorat asosida boʻladi.