Telegram-bot Virtual qabulxona

06.07.2023

5 million so'mlik nosoz muzlatgich sifatlisiga almashtirildi

Navoiy shahrida yashovchi fuqaro R.B. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro Navoiy shahrida joylashgan savdo do‘konlarining biridan 5 000 000 so‘mga “Beryuza” rusumli muzlatgichni 3 yil kafolat muddati bilan sotib olgan. Ammo ushbu maishiy texnika vositasi 1 oy ichida nosoz holga kelib qolgan.      

Murojaat Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqilganda haqiqatdan ham, muzlatgichda nuqsonlar borligi hamda nosoz holda ekanligi kuzatildi. Shundan so‘ng, savdo do‘koni rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, nosoz chiqqan muzlatgich yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00