29.05.2024
Yangiqoʻrgʻon tumani "Beshbuloq" MFYda yashovchi fuqaro K.M. tumanda joylashgan “Texno Park” 25-savdo doʻkonidan 1030 AQSh dollari (13 11 000 so'm) ga “IPhone 15 Pro Max” rusumli uyali aloqa vositasi sotib olgan. Biroq telefonda jiddiy nuqsonlar kuzatilib, undan foydalanib boʻlmay qolgan. Sotuvchi tomonidan ushbu mahsulot uchun kafolat muddati belgilangan boʻlsa-da, kafillik majburiyatlari bajarilmagan. Isteʼmolchi esa nosoz telefonni almashtirishda amaliy yordam soʻrab, Yangiqoʻrgʻon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparatiga murojaat qilgan.
Fuqaro murojaati jamiyat tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida amaldagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablariga muvofiq, nuqsonli mahsulot sotuvchiga qaytarilib, isteʼmolchiga shu rusumdagi boshqa sifatli aloqa vositasi olib berilishi taʼminlandi.