Telegram-bot Virtual qabulxona

23.06.2023

1 million 700 ming so'mlik nosoz gaz plita sifatlisiga almashtirildi

Jizzax shahrining H. Olimjon mahallasida yashovchi fuqaro T.A. tomonidan federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, iste’molchi Jizzax shahridagi "Zebo" savdo markazida joylashgan 18-do‘kondan 1 million 700 ming so'mga "Zifler" rusumli gaz plita xarid qilgan. So'ng, uyida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab, sotib olingan maishiy texnikani bir oydan keyin ishlatib ko‘rgan. Qarasaki, gaz plita umuman yaroqsiz holatda bo'lgan, qandolat mahsulotlari pishiradigan qismi ham ishlamagan. Fuqaro do‘konga borib, kamchiliklarini aytsa, tadbirkor oradan ancha vaqt o‘tganini vaj qilib, muammoni hal etishdan bosh tortgan.

Ushbu holat Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va murojaatchining nosoz gaz plitasi yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00