
09.09.2024
Yakkabogʻ tumani Navro`z mahallasida yashovchi fuqaro A.U. tumandagi “Universal” savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida 6 million 667 ming soʻmga skuter sotib oladi. Biroq unda nosozliklar kuzatilib, ishlamay qoladi. Muddatli toʻlov shartlari asosida shartnoma rasmiylashtirgan holda sotilgan nosoz mahsulotni sotuvchi boshqasiga almashtirib berishni xohlamaydi.
Fuqaro holat haqida Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi ishonch telefoni orqali murojaat qiladi.
Holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib o`rganildi va sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari, muddatli toʻlov asosida mahsulotlarni sotish tartiblari hamda bu borada sotuvchi va ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari tushuntirildi. Shuningdek, nuqsonli skuter yangisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.