Telegram-bot Virtual qabulxona

01.03.2023

2 500 000 so'mlik nosoz telefon yangisiga almashtirib berildi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Yoshlik" mahallasida yashovchi fuqaro E.A. ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada bayon etilishicha, iste'molchi shu yilning 24-fevral kuni “Indizit” savdo do‘konidan 2 million 500 ming so‘mga muddatli to‘lov sharti bilan telefon sotib olgan. Biroq oradan 3 kun o‘tgach, telefon apparatida nosozliklar kuzatilgan, sotuvchi esa nuqsonli mahsulotni almashtirishdan bosh tortgan. Qolaversa, telefon uchun kafolat muddati ham berilmagan.

O'rganish davomida jamiyat mutaxassislari tomonidan savdo do‘koni masʼullariga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik, xususan, “Chakana savdo qoidalari” talablariga ko‘ra, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) o‘zi sotayotgan (ishlab chiqargan) murakkab maishiy tovarlar uchun kafillik majburiyatlarini olishi va kafolat muddati davomida texnik nuqsonlari bo‘lgan mahsulotlar bepul almashtirib berilishi shart ekanligi tushuntirildi.

Sotuvchi tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq nuqsonli mahsulot sifatlisiga almashtirib berilishi taʼminlandi.

 

Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00