
26.03.2024
Toshloq tuman "Shodlik" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M. M.ning tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.
Murojaatchi tumanda joylashgan kredit savdo do‘konidan muddatli to'lov sharti bilan 3 700 000 so‘mlik "Samsung Galaxy A24" telefon apparatini sotib olgan. Ammo 10 kun davomida foydalanishi davomidayoq unda nosozlik aniqlangan. So'ng, telefonni sotuvchining tavsiyasi bilan servis markaziga bergan, lekin ta'mirlash ishlari turli vajlar bilan kechiktirilayotganidan noroziligini bildirgan.
Ushbu holat kredit savdo do‘koni bilan hamkorlikda o‘rganib chiqilganida iste'molchi murojaatida keltirilgan vajlarning asosli ekani tasdig‘ini topgach, telefon apparati servis markazi tomonidan bir kun muddat ichida ta'mirlanib, iste'molchi qo‘liga soz holatda topshirilishiga erishildi.