Telegram-bot Virtual qabulxona

03.06.2024

Iste'molchi muammosi bartaraf etildi

Yozyovon tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Yuqori Soybo‘yi" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.Botirovning 2 oy oldin 45 000 000 so‘mga xarid qilingan avtotransport vositasi (motosikl, tirkama, agregat)ning hujjatlari sotuvchi tomonidan to‘liq taqdim qilinmagani oqibatida, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ro‘yxatga qo‘ya olmayotganligi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan “F. P. S.” MChJdan joriy yilning 15-mart kunida FV-0036-sonli shartnoma asosida "LOCHIN LC 300 CC" rusumli avtotransport vositasi (motosikl, tirkama, agregat)ni xarid qilgan. Lekin sotuvchi yangi avtotransport vositasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga taqdim qilinadigan ma'lumotnoma hujjatini to‘ldirishda xatolikka yo‘l qo‘ygani sababli, xaridor qo‘liga undan tashqari qolgan barcha hujjatlarni topshirib, keyinchalik to‘liq qilib berilishi va'da qilingan. 

O‘rganish davomida ushbu kamchilik tezkorlikda bartaraf etilib, iste'molchiga berilishi lozim bo‘lgan hujjat to‘g‘rilab berildi va uning tomonidan davlat raqami olish uchun Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga kiritildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00