Telegram-bot Virtual qabulxona

07.08.2023

Yana bir murojaat o‘z yechimini topdi

Namangan viloyati, Pop tumani, “Iskovut” MFYda yashovchi fuqaro S.M. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilib, yashash xonadonida ichimlik suvi chiqmayotganligidan noroziligini bildirgan.

Tuman jamiyat xodimlari tomonidan fuqaro murojaati oʻrganildi. "Oʻzsuvtaʼminot" AJ Pop tuman boʻlimining 96-sonli aloqa xatida “Iskovut” MFY aholsini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-son qarori asosida hozirgi kunda tarmoq tortish va qurilish ishlari yakunlanishi bilan aholi toʻliq suv bilan taʼminlanishi maʼlum qilindi.

Holat jamiyat xodimlari tomonidan batafsil o‘rganilishi natijasida, aholini toʻliq ichimlik suvi bilan taʼminlanishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00