Telegram-bot Virtual qabulxona

24.08.2023

56 million soʻm iste’molchiga qaytarildi

Samarqand viloyat Payariq tuman Dexqonobot MFY da yashovchi J.O joriy yilning may oyida Samarqand shahar Qorasuv massividagi yangi qurilayotgan koʼp qavatli uylardan birini olish maqsadida “Аgromir Buildings” MChJ bilan shartnoma tuzib jami 56 million soʼm toʼlovni amalga oshirgan. Oradan 3 kun oʼtib fuqaro oʼzining moliyaviy sharoitini hisobga olib ushbu uyning narxi balandligi sababli uyni xarid qilish fikridan qaytgan va MChJ ga shartnomani bekor qilib toʼlangan pulni qaytarish toʼgʼrisida ariza bergan. Fuqaroning arizasi boʼyicha unga bir oy vaqt ichida mablagʼi toʼliq qaytarilishi aytilgan boʼlsada ammo 2 oydan koʼproq vaqt oʼtib ham fuqaroning mablagʼi qaytarilmaganligidan norozi boʼlib, Samarqand shahar jamiyatiga 2-avgust kuni murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar jamiyati xodimlari, holatni toʻliq oʻrganib, fuqaroning isteʼmolchilik huquqlarini vakolat doirasida himoya qilib MCHJ xodimlariga tegishli tushintirish ishlari olib borishdi va natijada fuqaroning 56 million so`m mablag’i qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00