Telegram-bot Virtual qabulxona

22.01.2025

Sifatsiz xizmat ko'rsatgan stomatolog iste'molchining 3,5 million so'm pulini qaytardi

Jizzax shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Sh. Rashidov tumani "Madaniyat" QFYda yashovchi fuqaro М.М. dan murojaat kelib tushdi.

Unga ko‘ra, fuqaro "BAHRONOV ALISHER STOMA SERVIS" MCHJga qarashli xususiy stomatologiya klinikasi shifokoriga qatnab tishlarini davolatadi. Aytilgan to‘lovni amalga oshirib, tishlariga yasama tishlar (protez) qo‘ydiradi. Afsuski,  ikki oy o‘tsa ham qo‘yilgan yasama tishlar (protez) bilan hech nima tanovul qilolmay qiynaladi, og‘riqlar qo‘yib yubormaydi. Oltmish kundan oshsa ham stomatolog shifokor kasallikni bartaraf etishni paysalga solayotganidan norozi bo‘ladi. 

Murojaat zudlik bilan o‘rganib chiqilib, iste'molchiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususiy stomatologiya xodimlariga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida qonuniy tushunchalar berildi. Xatosini tushungan shifokor murojaatchining davolanish uchun to‘lagan 3 500 000 (uch million besh yuz ming) so‘m pulini qaytardi. 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00