Telegram-bot Virtual qabulxona

04.05.2023

Elektr simlari ulangan 40 yillik ustun yangisiga almashtirildi

Doʻstlik tumani "Oltin" MFYda yashovchi fuqaro A.B. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Murojaatchi o'zi yashaydigan mahallaning "Chinorzor" koʻchasidagi elektr simlari ulangan beton ustun (stolba) yaroqsiz holatga kelib qolgani, oʻrnatilganiga qariyb 40 yil boʻlgan ustunning yonidan odam oʻtishi tugul, ustiga qush qoʻnsa, qoʻrqadigan darajada ahvoli abgor ekanini bildirgan. Fuqaroning bu muammo yuzasidan bormagan joyi, uchrashmagan odami qolmagan.

Ushbu holat jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, iste’molchining arizasi asosli deb topildi. Tezkor ravishda Tuman elektr ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda ustun yangisiga almashtirib berildi. Natijada, yuz berishi mumkin boʻlgan koʻplab koʻngilsizlarning oldi olindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00