Telegram-bot Virtual qabulxona

05.05.2023

2 million so‘m qarzdorligi da'vo qilingan iste'molchi aslida haqdor bo‘lib chiqdi

Farg‘ona tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘ini "Nurafshon" ko‘chasida yashovchi M.G‘.ning federatsiyaga tabiiy gaz ta'minoti bilan bog‘liq masalalarda yuzaga kelayotgan muammo borasidagi yozma murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida gaz ta'minoti idorasining kompyuter bazasi ma'lumotlari hamda xonadonidagi gaz hisoblagich ko‘rsatkichlari o‘rtasida tafovut yuzaga kelayotgani va buning natijasida, qarzdorlik kelib chiqayotganini bildirib, mazkur qarzdorlikning asosliligiga aniqlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari davomida xonadondagi gaz hisoblagich ko‘rsatkichlari va iste'molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilib chiqildi. Natijada, xonadon egasidan to‘lanishi talab qilinayotgan 2 million 36 ming so‘m qarzdorlikning asossiz ekani ma'lum bo‘ldi. Aslida, iste'molchi qarzdor emas, balki 707 ming 761 so‘m haqdor ham ekan.
           
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00