Telegram-bot Virtual qabulxona

16.12.2024

8,2 million so'mlik sifatsiz mebellar bepul ta'mirlab berildi

Navoiy shahrida  istiqomat qiluvchi fuqaro Q.A. Karmana tumanida joylashgan mebel sexiga  8 200 000 so‘m evaziga oshxona mebellarini buyurtma qilgan. Biroq xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan mebellar to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berilgan qismi esa sifatsiz tayyorlanganligi bois, fuqaro xizmat ko‘rsatuvchiga bir necha marotaba ta’mirlab berishini aytgan bo‘lsa-da, usta tomonidan xizmat to‘liq ko‘rasatilmagan.

Iste’molchi ushbu masalalar yuzasidan amaliy yordam so‘rab, Karmana tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan qilgan murojaati jamiyat xodimlari sa’y-harakatlari natijasida, qisqa muddatda ijobiy yechim topdi, ya’ni mebel qaytadan kapital ta’mirlanib, iste’molchiga to‘liq yetkazib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00