
26.03.2025
Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.G. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yoʻllagan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro "Premium Pro" doʻkoniga aʼzo boʻlgan va Fransiyadan 1 450 000 so'mga ayollar atirini buyurtma qilgan. Ammo ko'p vaqt o'tmasdan, fuqaro unga qimmat atir kerak emasligini anglab, pulini qaytarib olishga qaror qilgan va masalani hal etishda amaliy yordam soʻragan.
Murojaatni oʻrgangan Namangan shahar jamiyati masʼul xodimlari sotuvchiga amaldagi qonunchilik bo'yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi. Natijada, fuqaroning pullari qaytarilishiga erishildi.