
11.02.2025
Koʼp qavatli uy-joylarni tender savdolari orqali yutib oladigan qurilish, xizmat koʼrsatish tashkilotlari mahalliy tilda “shirkat” atamasi bilan yuritiladi. Shirkatlar yillik toʼlov evaziga koʼp kvartirali uy-joylarda shartnomaga asosan aniq vazifalar va yoʼnalishlar boʼyicha xizmat koʼrsatadi.
Peshku tumani Yangibozor hududida joylashgan koʼp qavatli uy-joyga xizmat koʼrsatuvchi "F N" MChJ aholidan yillik toʼlovni toʼliq undirgan va uyning umumiy foydalanishdagi kirish qismi taʼmirlab berilishi yuzasidan kelishilgan. Аmmo oradan ancha vaqt oʼtsa-da, xizmat koʼrsatuvchi tomonidan ushbu vazifa eʼtiborsiz qoldirilgan. Norozi boʼlgan aholi nomidan fuqaro N.Sh. Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga ogʼzaki murojaat qoldirgan.
Peshku tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari saʼy-harakatlari natijasida, murojaat qonuniy oʼrganib chiqilib, xizmat koʼrsatuvchi bilan muloqot olib borilgach, koʼp qavatli uyning kirish qismi kapital taʼmirlab berildi.