Telegram-bot Virtual qabulxona

17.12.2024

Qiymati 1 350 000 so‘m bo‘lgan televizor sifatlisiga almashtirildi

Qumqo‘rg‘on tuman “Bag‘ora” mahallasida yashovchi fuqaro I.B. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Shvaki-Avalon” nomli savdo do‘konidan qiymati 1 350 000 so‘m bo‘lgan “Vesta 32 smart” rusumidagi televizorni xarid qilgan. Xonadoniga olib borganida esa unda nosozliklar borligi ma’lum bo‘lgan. Iste’molchi do‘kon sotuvchisidan almashtirib berishini talab qilgan, ammo rad javobini olgan.

Ushbu holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, “Vesta 32 smart” rusumidagi televizor sifatlisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00