
10.03.2022
Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ariza qoldirgan Otabek Аbdullaev Surxondaryo viloyati Jarqoʼrgʼon tumanida joylashgan “In Mart” doʼkonidan 11 400 000 soʼmga skuter xarid qilgan. Biroq skuter sifatsiz chiqib, isteʼmochi undan foydalana olmagan. U bundan norzi boʼlib, Jarqoʼrgʼon tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari murojaatni oʼrganish jarayonida skuter akkumulyatori nosozligi aniqlandi. Isteʼmolchining murojaati asosli deb topilib, akkumulyator yangisiga almashtirib berildi.
Yana bir murojaatchimiz Irina Damkratova ham Federatsiyaga murojaat qilib, Oʼrikzor buyum bozoridan 1 700 000 soʼmga bolalar aravachisini sotib olganini aytib, biroq, aravacha sifatsiz ekanligini maʼlum qilgan. Uchtepa tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ushbu holatni koʼrib chiqishganda, chindan aravacha ishlatishga yaroqsiz ekanligi maʼlum boʼldi. “Baby-bravo” MChJdan isteʼmolchiga arvacha uchun toʼlagan 1 700 000 soʼmi qaytarlishiga erishildi. Аslida har bir ota-ona farzandi uchun eng yaxshilarini ilinadi. Gohida tajribasizligimiz, gohida soddalik sabab adashib qolish holatlari ham boʼlib turadi. Bolalar va oʼsmirlar uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi har bir tadbirkor bu ularning hayotiga xavf solmaydigan mahsulot boʼlishiga harakat qilish lozim. Zero har qanday jamiyatning, har bir ota-onaning ertasi- farzandlardir.