
05.03.2025
Denov tumani "Vodiy" mahallasida yashovchi fuqaro B.S. mahalliy maishiy texnika do‘konidan umumiy qiymati 7 500 000 so‘m bo‘lgan gaz plita va kir yuvish mashinasini xarid qiladi.
Biroq fuqaro ulardan foydalanishni boshlaganidan so‘ng, sifati yoki ishlashi uning talablariga mos kelmaganligi sababli, do‘konga murojaat qiladi. Do‘kon xodimlari dastlab nosozlik yo‘qligini ta’kidlab, mahsulotni almashtirish yoki pulni qaytarib berishdan bosh tortadilar.
Mazkur holat Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, viloyat raqobat boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Natijada, fuqaroning talabiga asosan, xarid qilingan gaz plita va kir yuvish mashinasi do'konga topshirilib, 7 500 000 so‘m miqdoridagi mablag‘ iste’molchiga to‘liq qaytarib berildi.